Toşkent şahrida yengil atletika böyiça Özbekiston oçiq çempionati bölib ötdi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan taşrif buyurgan atletlar ham bahs olib borgan turnirning bugun ötkazilgan bir qator bahslari Özbekiston terma jamoasi uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayollar örtasida balandlikka sakraş sektorida iştirok etgan özbekistonlik Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yöllanmasini ham qölga kiritdi. Uşbu yönalişda Tokio Olimpiadasining normativi aynan 1.96 metrni taşkil etardi. Uşbu yönalişda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan şohsupaning ikkinçi poğonasiga kötarildi.

Yetti kuraş bahslarida qatnaşgan Yekaterina Voronina 6238 oçko jamğarib, musobaqaning oltin medaliga ega çiqdi.

Şu tariqa, Svetlana Radzivil faoliyatida törtinçi bor Olimpiada yöllanmasini qölga kiritmoqda. Radzivil bungaça Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham iştirok etgan edi.

Ma'lumot uçun, bu Özbekiston terma jamoasining Tokio Olimpiadasi uçun qölga kiritgan ön birinçi yöllanmasidir.