Bugun futbol. Milliy jamoa Singapurga qarshi o‘yinga tayyormi?
Bugun, 15 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45da JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 4-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Singapurga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa 14 oktabr kuni kechqurun Singapurga yetib keldi. Bugungi o‘yindan so‘ng O‘zbekiston birinchi turdagi mag‘lubiyatga qaramay, guruh yetakchisiga aylanishi mumkin.
Xo‘sh, Abramov boshchiligidagi milliy jamoa bu o‘yinga tayyormi?
Kecha Singapurga yetib kelgan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari yaxshi kayfiyatda ekanini aytish mumkin. Futbolchilar Singapurga kech yetib kelishganiga qaramay, Abramov raqib o‘yini bilan bog‘liq ko‘rsatmalarni kechaning o‘zida futbolchilarga tushuntirdi. Kechki ovqatlanishdan so‘ng futbolchilarga raqib o‘yinidagi kamchiliklar haqida tayyorlangan video namoyish etildi. Temur Kopadze ularni futbolchilarga tushuntirib berdi.
Futbolchilar o‘yindan ikki soat oldin stadionga borishadi va u yerda qizish mashqlari o‘tkaziladi. Futbolchilar yaxshi kayfiyatda ekanini aytdik, ammo ular Yamanni yirik hisobda mag‘lub etishdaganidan havolanib ketmaganlari ham sezildi. Yigitlar xotirjam tarzda o‘yinga shaylanishmoqda. Bundan esa Abramov yig‘in doirasida futbolchilarga Yaman va Singapurni yengishni umumiy vazifa qilib qo‘ygani bilinadi. Ya'ni, bugun Singapur mag‘lub etilsa, Abramov o‘zini birinchi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi deb hisoblashi mumkin. Futbolchilardagi xotirjamlik esa yaxshilik alomati.
Abramov raqib futbolchilarini yaxshi o‘rgangani sezildi. U raqib futbolchilarining kuchli jihatlarini, asosiy futbolchilarning ustunliklarigacha sanab berdi. Aynan raqibni o‘rganish Abramovning ustun jihati ekanini alohida ta'kidlash kerak.
Katta akalar
O‘yinga tayyorlanayotgan milliy jamoa futbolchilarining sharoitlaridan milliy jamoaning sobiq futbolchilari Aziz Haydarov va Temur Kopadze xabardor bo‘lib turishibdi. Ularning borligi jamoaning ichki muhitiga ham ijoyib ta'sir qilganini aytish mumkin.
Milliy jamoa bilan Singapurga faqat «Nasaf» sardori Umar Eshmurodov kelmagan. U klub safiga qaytib Superliga o‘yinlariga tayyorlanishga qaror qilgan. Qolgan barcha futbolchilar o‘yinga shay. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Singapurga qarshi o‘yinga tayyor.
O‘tkir Jalolxonov
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024