Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Bahodir Qurbonov: «Bugungi kunda siyosiy maqsadlarni keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvsiz ham amalga oshirish mumkin»
Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti shafeligida «Zamonaviy harbiy mojarolar: mazmuni va olingan saboqlar» mavzusida birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, anjuman ishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonovning kirish so‘zi bilan ochildi.
«Bugungi kunda harbiy mojarolar barcha moddiy makonlar: quruqlikda, havoda, suvda va suv ostida, kosmik makonda, informatsion va kibermakonda olib borilmoqda. Natijada, o‘tmishda siyosiy maqsadlarga faqat qurolli kurash orqali erishilgan bo‘lsa, bugungi kunda buni keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvsiz amalga oshirish mumkin», - dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov.
Anjuman mobaynida mutaxassislar zamonaviy harbiy mojarolar yangi mazmun, qiyofa va xususiyatlarga ega bo‘lganini, ular barcha fizik kenglik va muhit hamda axborot-mafkuraviy va kibermakonda olib borilayotganini ta'kidlab o‘tdilar.
Shu bilan birga, zamonaviy harbiy mojaroning anglash va bilishga doir tarkibiy qismlari borgan sari muhim o‘rin egallab, milliy ruhiyat va mentalitetni, turlicha bo‘lgan tsivilizatsion omillar va jihatlarni hisobga olgan holda qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish sohalarini o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
14:09 / 31.01.2026
Futbolda tanish-bilishchilik bo‘lmaydi - Bahodir Qurbonov
17:49 / 30.01.2026
Bahodir Qurbonov O‘FA prezidentligiga qayta saylandi
15:01 / 15.01.2026
O‘zbekiston uchun 4 ta asosiy tahdid va chegaralarni qo‘riqlayotgan Bayraktar – DXX raisi hisoboti
20:39 / 29.05.2025