2019 yil 14 oktabr kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning “Uçinçi tomon monitoringi” loyihasining boş texnik maslahatçisi Yonas Astrup boşçiligidagi Xalqaro mehnat taşkiloti delegatsiyasi bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Senat axborot xizmatiga köra, uçraşuvda tomonlar majburiy mehnatning oldini oliş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini, şuningdek joriy yilda tegişli monitoring olib boriş jarayonini muhokama qildi.
Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş böyiça bir qator huquqiy va taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu dolzarb va öta muhim masala respublika rahbariyatining doimiy nazorati ostida turibdi. Masalan, 2013 yildan boşlab XMT metodologiyasi böyiça va uning ekspertlari bevosita iştirokida qişloq xöjaligida majburiy mehnatdan foydalaniş ustidan monitoring ötkazilmoqda.
Uçraşuv yakunida tomonlar mehnat standartlariga rioya qiliş, şuningdek majburiy mehnat xavflariga yöl qöymaslik yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar işlab çiqişga kelişib oldi.

















