Turkiyaning Suriya shimolidagi amaliyoti sababli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni 160 ming kishiga yetdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonotida ma'lum qilingan.  

“Bosh kotib [Antoniu Guterresh] Suriya shimolidagi jangovar harakatlardan jiddiy tashvishda. Bu harakatlar, ma'lum qilinishicha, ko‘plab tinch aholining o‘limiga va yaralanishiga hamda kamida 160 ming fuqaroning boshqa joyga ko‘chishiga sabab bo‘ldi”, deyilgan hujjatda.  

Turkiya 9 oktyabrda Suriya shimolida kurd otryadlari va IShID terrorchilariga qarshi amaliyot boshladi.