Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat sirlari bo‘lgan hujjatlarni ko‘zdan kechirishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi
Davlat sirlari bo‘lgan hujjatlarni ko‘zdan kechirishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqbuzarlikka qarshi kurash hamda xabeas korpus tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini bolalar muassasasiga joylashtirish, eksperiment o‘tkazish, davlat sirlari bo‘lgan hujjatlar yoki narsalarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va unga doir boshqa harakatlarni amalga oshirishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkaziladi.
Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran ikki soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida taraflar ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab “Elektron jinoyat ishi” loyihasi doirasida:
surishtiruv va tergov organlari tomonidan protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun sudlarga iltimosnomalar kiritishning va iltimosnomalarni sudlarda ko‘rishning elektron tizimi joriy etiladi;
jinoyat va ma'muriy sudlarning qarorlari ustidan elektron tarzda shikoyat berish hamda ushbu shikoyatlar harakatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan ishda ishtirok etuvchi himoyachi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi elektron tizimi orqali inson aralashuvisiz belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020 yil 1 martga qadar surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan jalb etiladigan advokatlarni elektron tarzda belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron axborot tizimini ishlab chiqadi va ishga tushiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar tomonidan Jinoyat kodeksi 15-moddasining (Jinoyatlarni tasniflash) beshinchi qismida (O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi) nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rishda xalq maslahatchilari shu sudlar tomonidan elektron tizimi orqali inson aralashuvisiz belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xalq maslahatchilarini elektron tarzda belgilash, elektron tarzda belgilangan xalq maslahatchisi uzrli sabablarga ko‘ra ishda ishtirokini ta'minlash imkoni bo‘lmagan tarzda inson aralashuvisiz boshqa xalq maslahatchisini belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron axborot tizimni ishlab chiqadi va 2020 yil 1 martga qadar ishga tushiradi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
18:47 / 06.04.2026