Şu paytga qadar xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş uçun Namangan viloyati IIB MvaFRB, Namangan şahar IIO FMB MvaFRB hamda Çust tumani IIB MvaFRBda ma'lumotlarni yiğiş punktlari faoliyat yuritayotgan edi.    

Hozirgi kunda xorijga çiqiş pasportini oliş uçun murojaatlarni köpayib borayotganligi inobatga olinib, şuningdek aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida Pop tumani, Norin tumani va Uyçi tumani IIB MvaFR bölinmalarida ham ma'lumotlarni yiğiş punkti taşkil etildi. Yuqorida qayd etilgan punktlar quyidagi tumanlar aholisiga xizmat körsatmoqda.

Namangan viloyati IIB MvaFRB ma'muriy binosida:
-  Töraqörğon, Kosonsoy, Yangiqörğon, Mingbuloq va Namangan tumanlari aholisiga

Pop tumani IIB MvaFRBda:
-  Pop tumani aholisiga

Çust tumani IIB MvaFRBda:
-  Çust tumani aholisiga

Uyçi tumani IIB MvaFRBda: 
-  Uyçi, Çortoq tumani aholisiga

Norin tumani IIB MvaFRBda:
-  Norin va Uçqörğon tumani aholisiga. 

Şu bilan birga, joriy yilning yakuniga qadar viloyatning barça tumanlariga xorijga çiqiş pasporti rasmiylaştiriş qurilmalari örnatilişi böyiça zaruriy çoralar körilmoqda.