Naqd pulsiz amaliyotlar zamon talablariga mosmi?
Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida shu savol atrofida muhokamalar kechdi. Unda bank mutasaddilari ommaviy axborot vositalari vakillariga ma'lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bank tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi.
Xususan, «HUMO» to‘lov tizimida ishlaydigan 27000 dona bank kartalari mijozlarga tarqatildi va 8049 dona to‘lov terminallari mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun o‘rnatildi. Hozirda to‘lov kartalarini emissiya qilish bo‘yicha Milliy banklararo protsessing markaziga buyurtma berildi hamda «HUMO» kartalarini markazlashgan holda chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Bank tomonidan masofaviy xizmatlarni rivojlantirishga muhim e'tibor qaratilmoqda.
«Qishloq qurilish bank»ning respublika hududlarida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengaymoqda. Hozirga kelib ular soni 35 taga yetdi. Mazkur shoxobchalarda avtomatlashtirilgan, AQSh dollari va yevro xorijiy pul birliklarini kecha-yu kunduz so‘mga ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlar ishga tushirilgan.
E'tiborga molik jihati, 24/7 shoxobchalaridagi bankomatlarda dunyoning yetakchi xalqaro to‘lov tizimlari - VISA, Mastercard, Unionpay, MIR kartochkalariga xizmat ko‘rsatish amaliyoti ham joriy etildi. Bu fuqarolarimizga va xorijlik mehmonlarga yanada qulaylik yaratadi.
«QQB-mobile» mobil ilovasi yanada takomillashtirilmoqda. Hozirda mazkur ilova yordamida bir qator xizmatlarni, xususan QR-kod orqali to‘lov, xalqaro pul o‘tkazmalari kabilarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga «QQB Mobile» mobil ilovasi tizimida «HUMO» bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish funksiyalari to‘liq ishga tushirildi, jumladan, «R2R» o‘tkazmalari, konversiya amaliyotlarini bajarish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish ishlari yakunlandi.
Tadbir davomida jurnalistlarga ATB «Qishloq qurilish bank» faoliyatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari va navbatdagi vazifalar bo‘yicha ma'lumot berildi.
«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!
Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: t.me/QQBank
Facebook: fb.com/official.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:55 / 27.12.2022
“Qishloq qurilish bank”: yutuqlarimiz asosi – ishonch!
10:26 / 08.10.2022
Jizzaxda ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi 1,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi
17:00 / 03.06.2022