«Rostov» hujumçisi Eldor Şomurodov 30 yoşigaça Xitoy çempionatiga bormasligini aytdi.
«30 yoşga tölmagunimça Xitoy çempionatiga bormayman. Ha, bu – haqiqat. Agar Rossiyaning top-klubi yoki kuçli beşlik çempionatlaridan biridagi örtaça jamoani tanlaş kerak bölsa, albatta, ikkinçisini tanlayman.
Men özimni Rossiya Premer-ligasi yulduzi deb hisoblamayman. Valeriy Karpin öyinçilar yulduzlik kasaliga uçramasligi uçun hazillaşib «yulduz» deb ataydi. Umuman olganda, boş murabbiyimiz biz bilan juda köp gaplaşadi. Karpin doim futbolçilarga nima deyişni biladi. Şu bilan birga u heç qaçon futbolçilarga bosim ötkazmaydi va bu bizga özimizga bölgan işonçni his qilişimizga imkon beradi», –deb Şomurodovning sözlarini keltiradi «Izvestiya».
Özbekistonlik hujumçi bu mavsumda RPLda 13ta öyin ötkazib, 10ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Futbolçining «Rostov» bilan şartnomasi 2024 yil yozigaça möljallangan.
















