Özbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy kengaşlar deputatlari saylovi arafasida turibdi.
Şu munosabat bilan Kun.uz mazkur jarayonlarning borişi hamda partiyalar faoliyati borasida batafsil fikrlaşiş maqsadida Özbekistondagi mavjud beşta siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbatlar taşkil etmoqda.
Navbatdagi suhbatdoşimiz «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi rahbari Narimon Umarov.
— Narimon aka, dastlabki savol: «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi yaqinlaşayotgan saylovlarda öz qöllab-quvvatlovçilari uçun nimalarni va'da qiladi? Umuman, mazkur partiyaning dasturidagi asosiy yönalişlar haqida ma'lumot bersangiz.
— Albatta, siyosiy partiyalar xalqning işonçini qozoniş, mavqeyini oşiriş va a'zolarini sonini oşirişida saylovoldi dasturlarining örni katta.
Saylovoldi dastur qançalik kuçli, jozibali, xalqçil va belgilangan vazifalar aniq bölsa, xalq partiyaga işonadi. Şu boisdan, biz ham 2014 yilda qabul qilgan beş yillik dasturimizni yangilab, unga qöşimçalar qöşyapmiz. Ya'ni, yil boşidan boşlab keyingi beş yillik uçun saylovoldi platformasi ustida işlayapmiz.

Bizning bu dasturlarimiz quyidagi katta yönalişlarni öz içiga oladi:
Birinçidan, sud-huquq sohasidagi islohotlarni davom ettiriş.
Bu bandning özi ham bir neçta yönalişda islohotlar qilişni közda tutadi.
1) Respublika miqyosida sudlarni birlaştirgan holda yagona tizimga keltiriş. Şunda öylaymizki, aholida hozirgi kabi qiyinçiliklar bölmaydi, bir organga boradi.
2) Tergov organlarini optimallaştiriş. Hozirgi vaqtda uçta vazirlikda uçta tergov organi bor. Biz yagona tergov organini yaratişimiz zarur.



















