Prezident qarori (bilan Yadro-energetika dasturi uçun kadrlar salohiyatini rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlandi. 

Strategiyaga muvofiq, yadro-energetika dasturi uçun kadrlar tayyorlaşga davlat buyurtmasi şakllantiriladi, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida.

Buning uçun uşbu kadrlarga bölgan ehtiyoj aniqlanadi, ularni tayyorlaş va qayta tayyorlaş uçun mutaxassisliklar röyxati belgilanadi.

Strategiyaga köra, AESni ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot xodimlari 4 ta bosqiçda quyidagi yönalişlar böyiça tayyorlanadi:

oliy rahbar xodimlar;

ekspluatatsiya (operativ va ta'mirlaş) xodimlari;

yordamçi texnik xodimlar;

ma'muriy-boşqaruv xodimlari. 

Şu bilan birga, “MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti”ning Toşkent filialida bakalavr yönalişlari kengaytiriladi, magistratura oçiladi.

Şuningdek, mazkur filial xodimlari Atom energetikasini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan moddiy rağbatlantiriladi.

Strategiya maqsadlarida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Jahon yadro uyuşmasi huzuridagi Jahon yadro universiteti (Buyuk Britaniya), şuningdek, “Rosatom” ta'lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlik yölga qöyiladi.

Ma'lumot uçun, Prezident farmoniga asosan, Özbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislar tayyorlaş uçun yangi magistartura mutaxassisliklari oçildi, Toşkent davlat texnika universitetida “Energetika (atom energetikasi)” mutaxassisligi böyiça talabalarni öqitiş taşkil etildi.