Forumda 30ga yaqin mamlakat delegatsiyalari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, mahalliy va xorijiy OAV vakillari — jami 500dan ortiq iştirokçilar qatnaşmoqda.

Eng köp vakillik delegatsiyasi Hindiston Respublikasidan. Delegatsiyani Gujarat ştatining gubernatori Vijay Rupani boşqaradi. Bu, şubhasiz, Özbekiston va Hindiston mintaqalari örtasidagi döstlik va şeriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganiga dalildir.

Andijondagi Yoşlar saroyida forumning yalpi majlisi iştirokçilariga Andijon viloyati hokimi Ş.Abdurahmonov, Gujarat ştati gubernatori V.Rupani, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Taşqi işlar vazirligi rahbarlari, taniqli çet ellik mehmonlar va investorlar murojaat qiladi.

Forum kun tartibida 5 ta taqdimot bölib ötadi:

·       «Andijon viloyatining qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaş sohasidagi salohiyati»;

·       «Andijon viloyatining sayyohlik salohiyati»;

·       «Andijon viloyatidagi töqimaçilik sanoatining holati va rivojlaniş istiqbollari»;

·       «Andijon viloyatining avtomobilsozlik sohasidagi yutuqlari va salohiyati»;

·       «Andijon viloyatida farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş böyiça körilgan çora-tadbirlar».

Kunning ikkinçi yarmida Savdo-sanoat palatasi binosidagi forum iştirokçilari «Özbekistonda işlab çiqarilgan» nomli Andijon viloyatining investitsiya va sanoat salohiyatiga bağişlangan körgazmasi bilan tanişadilar. Unda «Özavtosanoat» AK, «Andizansilko» QK, «Sabo» MÇJ, «Hamkor» MÇJ, «Neil Granite» MÇJ, «Makrofarm» kabi eksport kompaniyalari özlarining eksport imkoniyatlarini namoyiş etadilar.

Şuningdek, Andijon viloyatida xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari vakillari va viloyat tadbirkorlari iştirokidagi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almaşiladi.