Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekiston fuqarosi oğir jarohatlanib kasalxonaga yotqizildi.

17 oktabr kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyati Irğiz tumanida yöl-transport hodisasi röy berdi. YTHda jarohat olgan Özbekiston fuqarosi S.N. Irğiz tuman kasalxonasiga joylaştirildi. Olingan ma'lumotlarga binoan uning soğligi holati oğir deb baholanmoqda. Bu haqda Özbekistonning Aqtau şahridagi Boş konsulxonasi ma'lumot berdi.

Xabarda aytilişiça, Boş konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa örnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozoğistonning Aqtöbe, Atirau, Manğistau va Ğarbiy Qozoğiston viloyatlari hududida bölib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau şahridagi Boş konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.