Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan agarda Anqara va Vaşington örtasida erişilgan kelişuv bajarilmaydigan bölsa, turk armiyasi Suriya şimoli-şarqidagi operatsiyasini davom ettirişini ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Uning eslatişiça, kelişuvga köra, terrorçilar 120 soat içida xavfsizlik hududini tark etişi şart.

«Bugun ikkinçi kun. Seşanba keçqurun muddat nihoyasiga yetadi», — dedi Turkiya yetakçisi. 

«Agarda kelişuv bajarilmaydigan bölsa, 120 soat yakuniga yetganidan söng operatsiyani va terrorçilarning boşini uzişni davom ettiramiz», — dedi Erdöğan.

Sal avval Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar şunga öxşaş bayonot bergandi.

«Biz operatsiyani beş kunga töxtatdik. Terrorçilar bu vaqt içida xavfsizlik hududidan ketişi kerak. Agar bu yuz bermasa, operatsiyani davom ettiramiz», — dedi Akar.