Lyuksemburg – Yevropada joylaşgan, hududi jihatdan kiçik mamlakatlardan biri ekani köpçilikka ma'lum. Ammo bu davlat xaqida biz bilmagan qiziqarli faktlar talaygina. Masalan, Lyuksemburg – dunyo miqyosida maktab öqituvçilarining oyligi eng yuqori davlat hisoblanadi.

Adme uşbu mö'jaz yurt haqidagi şu va boşqa qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.

1.  Örta ta'lim pedagoglarining maoşi 7 ming dollardan boşlanadi

© Depositphotos

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot taşkiloti ma'lumotiga köra, Lyuksemburg – maktab öqituvçilariga tölanadigan maoş miqdori böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Bu yerda muallimlarning obrösi ança yuqori va bu kasb egalarining oyligi 7 ming dollardan boşlanadi.

Lyuksemburgda 15 yillik tajribaga ega maktab öqituvçisi örtaça 9700 dollar oylik oladi. Öz kasbining haqiqiy egasi bölgan öqituvçilar esa oyiga 12200 dollargaça maoş olişlari mumkin.

2.  Minglab kişilar hayotini saqlab qolgan istehkomlar 

© Philippe Clément / UIG Travel and Satelite / East News

Bok nomli istehkomlar — YuNeSKO tomonidan muhofaza qilinadigan, uzunligi 17 km bölgan yerosti tunnellari tarmoği. Ilk seksiyalari 1644 yilda qurilgan, keyin esa asta-sekin kengayib borgan. Ulardan ikkita jahon uruşlari vaqtida 35 ming nafargaça kişini siğdira oladigan bombadan saqlanadigan joy sifatida foydalanilgan.

Lyuksemburgdagi köplab qadimiy uylardan Bok istehkomlari yer osti yönalişlariga ötiş mumkin.

3.  Aholisining katta qismi – xorijliklar