Rossiya çempionatida 13-turning markaziy öyini Peterburgda yakunlandi. Öz maydonida «Rostov»ni qabul qilgan «Zenit» 6:1 hisobida ğalaba qozondi. Artyom Dzyuba het-trik qayd etgan bölsa, Karavayev, Barrios va Ozmun bittadan gol urişdi. Rostovliklarning javob goliga Roman Yeryomenko mualliflik qildi.

Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov bu öyinda 77 daqiqa harakat qildi.

Bu ğalabadan söng «Zenit» oçkolari sonini 29taga yetkazib ikkinçi öringa kötarildi. «Rostov» 26 oçkosi bilan törtinçi öringa tuşib ketdi.

RPL. 13-tur

Zenit – Rostov 6:1

Gollar: 1:0 – 14, penalti Dzyuba, 2:0 – 20 Dzyuba, 3:0 – 44 Ozmun, 4:0 – 61 Karavayev, 5:0 – 80, penalti Dzyuba, 5:1 – 83, penalti Yeremenko, 6:1 – 90 Barrios.
Zenit: Kerjakov, Ivanoviç, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Şatov (Kuzyayev, 71), Barrios, Ozdoyev (Sutormin, 77), Dzyuba, Ozmun, Driussi (Yeroxin, 85).
Rostov: Baburin, Çistyakov, Çernov, Xadjikaduniç, Kozlov, Normann, Popov (Zaynutdinov, 62), Ionov (Saplinov, 64), Bayramyan, Yeremenko, Şomurodov (Sigurdarson, 77).