Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: gadjetlar displeylari qarishni tezlashtiradi
Amerikalik olimlar gadjetlarning yorug‘lik diodli displeylarining uzoq vaqt davomidagi ta'siri ko‘z, miya hujayralarini ishdan chiqarishi va qarishni tezlashtirishini aniqlashdi.
Oregon universiteti olimlari gadjetlarning LED-ekranlaridan chiqadigan yorug‘likning kuniga 12 soatdan ta'siri ko‘z, miya hujayralarini ishdan chiqarishi va qarishni tezlashtirishini aniqlashdi. Bu drozofil pashshalarni gadjetlar displeyidan chiqadigan yorug‘likdan muntazam ravishda nurlantirish borasidagi tajriba orqali ma'lum bo‘ldi.
Tajriba natijasida hasharotlar uchayotganida mo‘ljal olish qobiliyatini yo‘qotgan. Bu esa LED-monitorlar ularga qaralmasa ham zarar yetkazishi mumkinligini bildiradi.
Shu bilan birga, muntazam ravishda LED-monitorlar bilan ishlash inson umrini qisaqrtiradimi-yo‘qmi hozircha aniqlanmagan.
Avvalroq Toronto universiteti olimlari yorug‘lik diodlari ta'sirida insonda uyqu gormoni ishlab chiqarilishi buzilishini aniqlashgandi.
Mavzuga oid
14:44 / 11.11.2025
Beekeeb Toucan: klaviatura va sichqonchani birlashtirgan noodatiy gadjet
10:50 / 27.10.2025
Nike yugurishni osonlashtiruvchi “robot oyoq” yaratdi
16:02 / 23.10.2025
Xiaomi oddiy eshiklarni ham “aqlli” qiladi!
14:42 / 22.10.2025