Qarorgohi Indoneziya poytaxti Jakarta şahrida bölgan Özbekistonning Vetnamdagi elçisi Uluğbek Röziqulov 16 oktabr, çorşanba kuni Vetnam prezidenti Nguyen Fu Çongga işonç yorliqlarini topşirdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Rasmiy marosim doirasida bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Vetnam örtasidagi munosabatlarni ikki tomonlama jihatdan va köp tomonlama formatlarda yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi», deyiladi TIV xabarida.
Vetnam rahbari Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan özgarişlar nafaqat Özbekistonning kompleks rivojlanişiga, balki butun mintaqada özaro işonç va hamkorlikning yanada mustahkamlanişiga ham xizmat qilişini qayd etgan.
Nguyen Fu Çong savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik istiqbollariga alohida töxtalib ötgan. Xususan, ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasi hajmining oşayotganini, qişloq xöjaligi va akvamadaniyat sohalaridagi hamkorlikning rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan e'tirof etgan.
«Şu bilan birga, prezident Nguyenning fikriça, Xanoy şahrida ötkazilişi rejalaştirilayotgan ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi hamkorlikning yanada köproq yangi yönalişlarini oçadi», deb yozadi TIV matbuot xizmati.
Suhbat söngida Vetnam rahbari Özbekiston rahbariyati va xalqiga omad va farovonlik tilaklarini yetkazib qöyişni söragan.
Uluğbek Röziqulov muqaddam Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari va «Özavtosanoat» rahbari sifatida faoliyat yuritgan Uluğbek Röziqulov 2017-2018 yillarda «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi boş direktori bölgan, Aqtöbe fojiasidan söng, Röziqulov «Özbekiston havo yöllari» MAK boş direktorligidan va Özbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida iş boşlagandi.

















