AQŞ sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Twitter’da Qöşma Ştatlar prezidentining ustidan kuldi. U buning uçun Donald Trampning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdöğanga juda erkin şaklda va sodda tilda yozilgan xatini asos qilib oldi. Avvalroq maktub Amerika OAV tomonidan e'lon qilingandi.
Found in the archives... pic.twitter.com/iFFeqloYHM
— Hillary Clinton (@HillaryClinton) October 20, 2019
Öz maktubida Tramp hamkasbidan qaysarlik qilmaslikni hamda tarixga yaramas şaxs sifatida kirib qolmaslikni söragan. Oxirida u qönğiroq qilişga va'da bergan.
Klinton ham şunga öxşaş maktub tayyorladi. Qayd etilişiça, uni Karib inqirozi paytida AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi Nikita Xruşçyovga Kubadan sovetlar raketalarini olib taşlaş haqida sörab yozişi mumkin edi. Klinton piçinglardan tiyilmagan hamda Kennedining maktubini Tramp uslubida tugatgan - «Keyinroq qönğiroq qilaman».
«Hamma: «Ura! Xruşçyov! Siz eng zörsiz!» deydi» - deb yozilgan maktubda. Kennedi xuddi keyinçalik aksariyat odamlar Xruşçyov haqida yomon sözlarni işlatişi, SSSR esa haqoratli nomga ega bölişi bilan qörqitayotganga öxşaydi.
Eslatib ötamiz, Turkiya harbiylari Suriya hududiga kirgan kun – 9 oktyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp turklar yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğanga ogohlantiriş xati yöllagani ma'lum böldi. Maktubda Tramp Erdöğanga «qaysarlik qilmaslik va ahmoq bölmaslik»ni maslahat bergan.
Rasmiy xatda diplomatik mulozamat va yumşoq jumlalar deyarli uçramaydi. Ma'lum bölişiça, Turkiya prezidenti amerikalik hamkasbining noodatiy tarzda qöpollik bilan bitgan rasmiy maktubini çiqindi qutisiga uloqtirgan.












