Özbekiston valutasining çet el valutasiga nisbatan kursini aniqlaşda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi. Bu haqda “Valutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan. Hujjat matni “Xalq sözi” gazetasining çorşanba kungi 219-sonida e'lon qilindi.

Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

valutani tartibga soliş hamda valutani nazorat qiliş tizimining yagonaligi;

valutani tartibga soliş va valutani nazorat qiliş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişda iqtisodiy çoralarning ustuvorligi;

rezidentlar va norezidentlarning valuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravişda aralaşuviga yöl qöyilmasligi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki valutani tartibga soluvçi davlat organidir.

Özbekiston Respublikasi hududida çet el valutasini sotib oliş va sotiş böyiça operatsiyalarda valuta kursi çet el valutasiga bölgan talab va taklifdan kelib çiqib, şartnomaviy asosda belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi valutasining çet el valutasiga nisbatan kursini aniqlaşda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.

Markaziy bank çet el valutasini sotib oliş va sotiş tartibini belgilaşda çet el valutasiga bölgan talab va taklif asosida valuta kursini aniqlaş uçun şart-şaroitlar yaratilişini nazarda tutadi.

Markaziy bank valuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boşqa hisobotlar maqsadlari uçun, şuningdek Özbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boşqa majburiy tölovlarni hisoblab çiqariş uçun valuta kursini muntazam ravişda belgilab boradi.

Özbekistondan köproq valuta olib çiqişga ruxsat berildi