“Valutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunning yangi tahriri prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Qonun Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valuta siyosatini erkinlaştirişga doir birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan.
Qayd etilişiça, yangi tahrirdagi qonun bir qator me'yorlar va mexanizmlar bilan töldirilgan bölib, unda valutani tartibga soliş va valutani nazorat qilişning asosiy tamoyillari belgilandi.
Xususan:
valutani tartibga soliş hamda valutani nazorat qiliş tizimining yagonaligi;
valutani tartibga soliş va valutani nazorat qiliş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişda iqtisodiy çoralarning ustuvorligi;
rezidentlar va norezidentlarning valuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravişda aralaşuviga yöl qöyilmasligi asosiy tamoyillar sifatida belgilab qöyildi.
Bundan taşqari, milliy valutaning mavqeini kuçaytiriş maqsadida, davlat bojlari, yiğimlar va boşqa majburiy tölovlar milliy valutada undirilişi, tovar va xizmatlar uçun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qöyiladigan minimal talablar faqat milliy valutada örnatilişi qonun darajasida belgilandi.
Şu bilan birga:
valuta operatsiyalarini amalga oşirişda rezidentlar va norezidentlar tomonidan çet el valutasidagi mablağlarning erkin tasarruf etilişi;
valuta operatsiyalarini amalga oşiriş bilan boğliq bir qator ruxsat beriş tartibotlarining bekor qilinişi;
taşqi savdo operatsiyalari böyiça aktivlarni Özbekiston Respublikasiga repatriatsiya qiliş böyiça talablar;
rezident jismoniy şaxslar tomonidan xorijda çeklovlarsiz hisobvaraqlar oçişga ruxsat berilişi;
jismoniy şaxslar örtasida nosavdo valuta operatsiyalari böyiça 100 mln. söm ekvivalentigaça bölgan miqdordagi pul ötkazmalari amalga oşirilişi mumkinligi;
jismoniy şaxslar tomonidan 100 mln. söm ekvivalentidan oşmagan miqdordagi naqd pul mablağlarini Özbekiston Respublikasidan erkin olib çiqilişi nazarda tutilmoqda.













