Boyqönğirda amalga oşiriladigan raketa parvozlari Özbekiston ob-havosiga ta'sir qiladi, degan fikrlar ançadan beri mavjud.
Uşbu fikr tarafdorlari ob-havo özgarişlari raketa parvozlari bilan töğri kelgani töğrisida köp misollar keltirişi mumkin, biroq heç qanday parvoz bölmasa-da, ob-havo keskin özgargani, yoki, aksinça, raketa parvozlari meteorologik vaziyatga heç qanday ta'sir körsatmagani töğrisida indamaydilar, deb yozmoqda «Özgidromet».
Bildirilişiça, raketa-kosmik texnikadan foydalaniş tabiiy muhitga ta'sir körsatadi va insoniyat oldiga ana şu ta'sirni örganiş böyiça ma'lum vazifalarni qöyadi. Ekologlar, biologlar, tibbiyot xodimlari öz sohalari böyiça muammoni örganmoqda. Ayniqsa, raketa qismlari yerga tuşadigan hududlarda köp tadqiqotlar ötkaziladi. Bu tadqiqotlar kosmik faoliyatning atrof muhitga sezilarli salbiy ta'sirini aniqlamagan. Şunday bölsa-da, bu borada aniq bir xulosa qiliş uçun materiallar yetarli emasligi aytiladi.
Biroq, qayd etilişiça, olimlar ob-havo şaroitlarining şakllanişi uçun «javobgar» bölgan global atmosfera jarayonlariga, şuningdek, iqlim özgarişlariga raketa taşuvçilar parvozi ta'sir körsatmasligi töğrisida yakdildir. Faqat bulutlar, tuman, muzliklar yoki qor qoplamiga sun'iy ta'sir etiş maqsadida amalga oşiriladigan parvozlar bundan mustasno.
«Raketalar parvozining atmosferaga ta'sir etiş kölamini ob-havo özgarişlariga sabab böladigan sinoptik obektlar kölami bilan soliştirib bölmaydi. Agar kosmik parvozlarni ob-havo nuqtai nazaridan muhokama qiladigan bölsak, bunda avvalambor sun'iy yöldoşlar yordamida olinadigan bebaho meteorologik ma'lumot töğrisida gapiriş kerak», - deyiladi «Özgidromet» xabarida.

















