Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valuta operatsiyasini o‘tkazishga cheklov joriy etadi
O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini o‘tkazishga doir cheklovlarda o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.
Xususan, Markaziy bank valuta operatsiyalarini o‘tkazishga nisbatan:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida;
to‘lov balansining barqarorligiga tahdid mavjud bo‘lgan hollarda Xalqaro valuta jamg‘armasi bitimining Moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy etishi mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank bilan kelishgan holda valuta operatsiyalarini o‘tkazishga doir cheklovlar joriy etishi mumkin.
Cheklovlarning amal qilish muddati ular joriy qilingan paytdan e'tiboran bir yildan oshishi mumkin emas. Cheklovlar belgilangan muddat o‘tgach, bekor qilingan deb hisoblanadi. Cheklovlarning amal qilishi muddatidan avval to‘liq yoki qisman bekor qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Markaziy bank iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valuta operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga yoki ularga doir cheklovlar joriy etishga haqli edi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026