AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Vashington nuqtai nazariga ko‘ra Xitoy G‘arb davlatlari uchun Rossiyadan ham xavfliroq ekanligini aytdi.
"Yevropa ham Xitoy tomonidan bo‘layotgan tahdidni tan olmoqda. Ehtimol ularga tajovuzkor Rossiya shundoqqina ostonada ekanligi va ular uzoqdagi emas, yonidagi tahdidlarga e'tibor qaratishga o‘rganib qolishgani xalal berayotgandir. Ammo uzoq istiqbolda biz uchun Rossiya emas Xitoy ancha jiddiy tahdiddir", - dedi u.
Esper AQSh milliy mudofaa strategiyasida Xitoy birinchi, Rossiya ikkinchi o‘rinda turishini ta'kidladi.
Pentagon rahbari Yevropa davlatlarini XXRning "harbiy va iqtisodiy kengayishi" to‘g‘risidagi Vashingtonning ogohlantirishlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi.

















