Isakov Bişkek IESini modernizatsiyalaşda korrupsiyaga yöl qöyilganligi töğrisidagi iş böyiça aybdorlardan hisoblanadi.
Korrupsiyada ayblanayotgan Qirğiziston sobiq boş vaziri Sapar Isakov majburiy tarzda sudga olib kelindi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooşev ma'lum qildi.
"Sapar Isakov 11 mln dollar zarar yetkazilgani töğrisida xulosa bergan ekspertlar söroq qilinmasdan, ayblanuvçilar söroq qilinişidan norozi. U vaqtinçalik saqlaş kamerasidan çiqişni istamadi. Bugun kuç işlatiş yöli bilan Sapar Isakovni sudga olib borişdi. Bu vazifani davlat milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari bajarişdi. Qonunçilikka köra esa, sudga majburan olib keliş sud ijroçilarining vazifasi hisoblanadi", - dedi Jooşev.
Isakov Bişkek IESini modernizatsiyalaşda korrupsiyaga yöl qöyilganligi töğrisidagi iş böyiça aybdorlardan hisoblanadi.
Isakovdan taşqari, yana bir sobiq boş vazir Jantoro Satibaldiyev, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev va boşqa amaldorlar korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. Ular Xitoy kompaniyasi bilan şartnoma tuzişda davlatga 111 mln dollar zarar yetkazişda ayblanmoqda.

















