Avvalroq Sonoma okrugi sherifi ofisi yirik tabiat yong‘ini sababli 180 ming kishi evakuatsiya qilinishini e'lon qilgandi.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom tabiat yong‘inlari sababli butun shtat hududida favqulodda holat rejimini e'lon qildi.

"Butun shtat bo‘yicha favqulodda holat rejimini e'lon qildim. Biz bu yong‘inlar va kuchli shamol bilan kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", - deb yozdi Nyusom Twitter sahifasida.

Ayni paytgacha favqulodda holat rejimi Los-Anjyeles va Sonoma okruglarida joriy etilgandi.

Avvalroq Sonoma okrugi sherifi ofisi yirik tabiat yong‘ini sababli 180 ming kishi evakuatsiya qilinishini e'lon qilgandi. Yana millionlab kishilar profilaktik o‘chirish tufayli elektr ta'minotisiz qoldi.