Hisor davlat qöriqxonasining qöriqlanma zonasini belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.

Qaşqadaryo viloyati hokimining 2018 yil 24 dekabrdagi Hisor davlat qöriqxonasi qöriqlanma zonasini belgilaş töğrisidagi va 2019 yil 12 sentyabrdagi Hisor davlat qöriqxonasi hududida joylaşgan Hazrati Sulton platosi, Suvtuşar daryosining bir qismi (suvtuşar şarşarasi), dinozavr izlari va Amir Temur ğori obektlari joylaşgan 2000,0 gektar yer maydonlarini qöriqxona hududidan uning qöriqlanma zonasiga ötkaziş töğrisidagi qarorlari asosida:

Hisor davlat qöriqxonasining unga tutaş hududlaridagi umumiy yer maydoni 11231,3 gektar bölgan qöriqlanma zonasi belgilanadi;

umumiy yer maydoni 2000,0 gektar bölgan, Hazrati Sulton platosi, Suvtuşar daryosining bir qismi (suvtuşar şarşarasi), dinozavr izlari va Amir Temur ğori obektlari qöriqxona hududidan çiqarilib, uning qöriqlanma zonasiga ötkaziladi.

Belgilanişiça:

qöriqxonaning qöriqlanma zonasidagi yerlar uşbu zonalarda joylaşgan yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar ixtiyorida qoladi va bu hududda alohida rejim örnatiladi;

qöriqxona hududidan uning qöriqlanma zonasiga çiqarilgan obektlarning 2000,0 gektar yer maydoni mazkur qöriqxonaning doimiy foydalanişida (yer balansida) qoldiriladi.

Qöriqxona qöriqlanma zonasining nizomi tasdiqlanadi. Qöriqlanma zonasini va undagi tabiiy obektlar muhofazasini hamda hududda qonun va mazkur nizom talablarining bajarilişi ustidan davlat nazoratini olib boriş qöriqxonaning qöriqlov xodimlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş organlari zimmasiga yuklatiladi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bilan birgalikda Hazrati Sulton platosi, Suvtuşar daryosining bir qismi (suvtuşar şarşarasi), dinozavr izlari va Amir Temur ğori obektlarida ziyorat va ekologik turizmini taşkil qiliş uçun zarur böladigan infratuzilmalar yaratişga investorlar, şu jumladan davlat xususiy şerikçilik loyihalari asosida jalb qiliş çoralarini köradi.

Belgilanişiça, investorlar yaratgan infratuzilmadan foydalaniş uçun undiriladigan mablağning 50 foizi qöriqxonaning maxsus hisob raqamiga ötkazilişi közda tutiladi, u qöriqxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş hamda uning xodimlarini rağbatlantirişga işlatiladi.