28 oktabr kuni Andijon shahrida Prezidentning 2019 yil 22 avgustdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan seminar tarzidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Anjumanda Andijon viloyati shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tadbirkorlar hamda aholi vakillari ishtirok etdi.
Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abdujabbor Egamberdiyev va Energetika vazirligi departament direktori Muzaffar Hakimov hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Davra suhbatida ma'lum qilinishicha, «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan viloyatdagi 611 ming aholi xonadonlari va 15 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
2019 yilning 9 oyi davomida iste'molchilarga 2 mlrd. 800 mln. kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa, avvalgi yillarning mos davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori 2 mlrd. 200 mln. kVt.soatni tashkil etdi.
Xususan, so‘nggi to‘rt yil davomida viloyatda elektr energiyasi iste'moli deyarli 30 foizga ortdi. Elektr energiyasi iste'molining ortishi bilan tarmoqlarda va jismonan eskirgan elektr jihozlardagi yo‘qotishlar ham ortib borgan. Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni 10-6-0,4 kV kuchlanishli tarmoqlardagi jismonan eskirgan simlar va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan transformator punktlari hamda mahallalarda yangi qurilgan aholi xonadonlariga tortilgan qo‘lbola 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlar tashkil qilgan.

Ushbu yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661 sonli «2017-2021 yillarda past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish davlat dasturi» asosida















