Milliy animatsion qahramonlarni yaratish uchun tanlov e'lon qilindi. Tanlov jamg‘armasi - 50 mln so‘m
O‘zbekistonda milliy animatsion qahramonlarni yaratish uchun tanlov e'lon qilindi. Tanlov jamg‘armasi 50 million so‘mni tashkil etadi. Ushbu taklif Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro animatsiya kuniga bag‘ishlangan ijodiy kechada e'lon qilindi.
Tantanali tadbir oldidan “O‘zbek animatsiyasi rivojlanishi muammolari va uni bartaraf qilish yo‘llari” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda sevimli multfilm qahramonlari yo‘qligi, xususiy animatsion studiyalarning faoliyati, animatorlarning moddiy-texnik bazasi muammolari muhokama qilindi, o‘zbek milliy animatsiyasida kadrlar masalasi ko‘rib chiqildi. Mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish va animatsion filmlarni yaratishga qo‘shimcha budjet, chet ellik mutaxassis va animatorlarni O‘zbekistonga jalb qilish masalalari ko‘tarildi.
Tadbir ishtirokchilari milliy animatsiyani rivojlantirish uchun “Yo‘l xaritasi”ning asosini tashkil etadigan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tuzishga kelishib oldilar.
- Ko‘pgina mamlakatlarda barchaning sevimli milliy multfilm qahramonlari bor. Bizning multfilmlarimizning bir xil ijobiy qahramonlar. Aslida multiqahramonlar turli xarakterga ega bo‘lishi, barcha bolalarning qalbini zabt etishi lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ushbu ezgu tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, farzandlarimizga mehr-oqibat, bilim, do‘stlik, o‘z Vataniga muhabbat kabi muhim tushunchalarni uyg‘otishini istagan barcha mahoratli rassom-multiplikatorlarni jalb qilmoqchimiz, - dedi konferensiyada “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Xalqaro animatsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali kechada “pantomima” ustalarining chiqishlari, yangi multfilmlar namoyishi va mahalliy animatorlarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Ishlab chiqarilgan “Yo‘l xaritasi” joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan animatorlar forumida tasdiqlanadi. Jamoat va xususiy tashkilotlar, shuningdek, Animatsiya studiyalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va bu san'atga qiziqqan barcha a'zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston animatorlari uyushmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:08 / 27.06.2024
"Har bir fuqaro uchun – bir daraxt" ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi
16:02 / 17.05.2024