Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği Bekzod Narziyev rejada belgilangan vazifalar ijrosini öz vaqtida ta'minlamagani uçun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Özbekneftgaz» matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2019 yil 28 oktabr kuni Qarşi şahridagi «Özbekneftgaz» binosida uşbu topşiriqlarni joylardagi ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi boş vazirining maslahatçisi, energetika vaziri Alişer Sultonov tomonidan yiğiliş bölib ötdi. 

Tizim rahbarlari iştirokidagi yiğilişda neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz işlab çiqariş hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga yetkazib beriş prognoz körsatkiçlarining bajariliş holati tahlil etildi. 

Yiğiliş yakuniga köra, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi. 

Unga köra, rejada belgilangan vazifalarni ijrosini öz vaqtida ta'minlamagani uçun Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği Bekzod Narziyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uşbu lavozimga Uglevodorodlarni qazib çiqariş departamenti boşliği R.Şerov tayinlandi. 

«Özbekneftgaz» boşqaruv raisining qazib çiqariş böyiça örinbosari Alişer Mustafoyev hamda Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği O.Örinboyev işdagi kamçiliklari sabab qat'iy ogohlantiriş oldi. 

«Özbekneftgaz» Gazli neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği K.Omonovga uşbu lavozimga yaqinda tayinlanganligi sabab yil yakuniga qadar qazib çiqariş körsatkiçlarini yanada oşiriş talabi qöyildi.