«Qişloq quriliş invest» kompaniyasi Toşkent viloyati filiali tomonidan hukumat qarori bilan belgilangan nizom talablaridan çetga çiqqan holda, özboşimçalik bilan fuqarolardan qöşimça hujjat talab qilmoqda. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Rasul Kuşerbayev fuqarolarning murojaatlari va joyda olib borilgan örganişlardan söng, şunday xulosa kelgan.
«Prezident qarori bilan uy-joyga muhtoj oilalarni uzoq muddatli kredit hisobiga uy-joy bilan ta'minlaş tizimi yölga qöyilgan. Albatta, bu quvonçli hodisa.
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizom talablariga köra, tuman hokimligi huzurida taşkil etilgan maxsus komissiya fuqarolarning uy-joy şaroitlarini örganiş natijalari böyiça fuqaroga keyinçalik injiniring kompaniyasi va tijorat bankiga taqdim etiş uçun yozma tavsiya berişi va uşbu tavsiyaning bir nusxasi talabgor tomonidan dastlabki şartnomani tuziş töğrisidagi arizasini körib çiqiş uçun injiniring kompaniyasi filialiga taqdim etilişi körsatib ötilgan.
Biroq, kompaniyaning Toşkent viloyati filiali tomonidan nizom talablaridan çetga çiqiş holat yuz bermoqda. Ya'ni, kompaniya vakillari özboşimçalik bilan fuqarolardan qöşimça hujjat, tuman hokimining maxsus şakllantirilgan va tasdiqlangan röyxatida bölişni talab etmoqda», deydi deputat «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda.
Deputatning ta'kidlaşiça, kompaniya filiali komissiya va tuman hokimi alohida-alohida sub'yektlar ekanligini anglamayapti.
«Bu fuqarolarning haq-huquqlari qöpol ravişda buzilişi bilan birga injiniring kompaniyasi va hokimliklar örtasida korruptsion vaziyat vujudga kelişiga va hukumat qarori bilan vakolat berilgan komissiyaning xulosasi bilvosita haqiqiy emasligiga olib kelmoqda», deb qöşimça qiladi Kuşerbayev.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga köra, vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning davlat röyxatidan ötkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegişli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin emas.
Viloyat filiali mas'ullarining nizom talablariga zid ravişda Zangiota tumanida yaşovçi fuqarolardan tuman hokimining maxsus şakllantirilgan va tasdiqlangan röyxatida bölişni talab qilişi, qonuniy yozma tavsiyaga ega fuqarolarni kompaniya bilan dastlabki şartnoma tuziş huquqidan mahrum etilişiga olib kelmoqda.
Şuningdek, tuman hokimligi uyga talabgorlar uçun yozma tavsiya beriş komissiya vakolatida ekani va hokimlikning injiniring kompaniyasi filiali uçun alohida röyxat tasdiqlab berişga huquqiy asosi yöqligini bildirmoqda. Masalan, fuqaro Yu.Bolibekova şu yilning may oyida 78 million söm mablağni boşlanğiç badal puli sifatida şakllantirgan. U Zangiota tumanidagi «Tariq-teşar» mahallasi hududida qurilayotgan uy-joy uçun komissiyaning yozma tavsiyasini olgandi, ammo injiniring kompaniyasining filiali fuqaroning tuman hokimligi «röyxati»da mavjud bölmagani vaji bilan yozma tavsiyanomani qabul qilmagan. Yana köplab fuqarolar şunday sarsongarçilikka duç kelişmoqda.

















