Quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasi MÇJ buyurtmasi asosida qişloqlarda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylarda smetada ajratilgan pulni tejab qoliş maqsadida arzon iş kuçi bölgan malakasiz işçilar, mardikorlar quruvçi sifatida işlatilayotgani, vazirlik bu jarayonni qaçon nazoratga olişi haqidagi savolga javob berdi.
«Davlat rahbari tomonidan joylarda qurilayotgan uy-joylarning sifat darajasini kötariş haqida topşiriq berilgan. Bugungi kunda buyurtmaçi xizmati, pudratçilarning saviyasini oşirişimiz kerak. Loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan hamma yeçimlarni töğri amalga oşiriş masalasi ham bor.
Şulardan kelib çiqib ayni paytda Quriliş vazirligi tomonidan Prezident qarori loyihasi işlab çiqilmoqda. Hujjatda buyurtmaçilar va pudratçilar bozorini şakllantiriş, ularning işini takomillaştiriş, moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş, kadrlar bilan boğliq muammolarni hal qiliş kabi masalalar közda tutilmoqda. Oçiq-oydin aytadigan bölsak, joylarda buyurtmaçining texnik nazoratini, Qişloq quriliş loyiha institutining mualliflik nazorati bölimi nazoratini kuçaytirişimiz kerak», deb aytgan Şuhratxöja Hoşimov.
Quriliş vaziri örinbosarining sözlariga köra, qurilayotgan uylarning sifati Davlat arxitektura va quriliş nazorat inspeksiyasi tomonidan ham nazorat qilib boriladi. Quriliş normalarini buzganlarga nisbatan jarima sanksiyalari ham qöllangan.
«Mehnat bozoridagi böşliqni töldiriş, malakali işçilar sinfini şakllantiriş uçun vazirligimiz tasarrufidagi 14ta kollejda mutaxassislarni qayta tayyorlaşni yölga qöydik. 2019 yil oxirigaça 3 mingga yaqin işçining malakasini oşirib, ularga tegişli sertifikatlarni beriş ustida işlayapmiz. Ya'ni u beton quyuvçi böladimi, ğişt teruvçi böladimi, bularning hammasining tegişli malakaga ega bölişi ustidayam işlar olib borilmoqda. Buyam ertaga sifat darajasini kötarişga olib keladi. Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşirilaveradi. Soni köpayaveradi», deb aytgan Şuhratxöja Hoşimov.
Quriliş vazirligi axborot xizmati rahbari Dilşod Jalolovning qöşimça qilişiça, sifatsiz uylar qurişning oldini oliş maqsadida ilgari quriliş taşkilotlari örtasidagi tenderlar Quriliş vazirligining Tender-konsaltingi orqali uyuştirilgan. Öşa paytda tenderda qatnaşiş uçun pudratçilar muayyan şartlarga javob berişi, masalan, malaka va könikmaga ega bölgan işçi-xodimlarga ega bölişi, bankdagi hisob-raqamida ma'lum bir miqdorda mablaği bölişi talab etilgan. Keyinçalik bu vakolat mahalliy hokimliklarga ötib ketgan.

















