Al-Bag‘dodiyni topishda yordam bergan ayg‘oqchiga 25 mln dollar mukofot puli berilishi mumkin

Foto: Ghaith Alsayed / AP
Washington Post nashrining xabar berishicha, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qayerda yashirinayotganini uning yaqin atrofidagi ayg‘oqchi yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Gap al-Bag‘dodiyning Suriya bo‘ylab harakatlanishini muvofiqlashtirgan va uning Idlibdagi boshpanasini tayyorlashda yordam bergan odam haqida ketmoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu odam AQSh razvedkasiga nafaqat terrorchi qayerda yashirinayotgani, balki u yashiringan uydagi xonalar rejasini ham taqdim qilgan. Bu ma'lumot binoning shturm qilinishi vaqtida muhim ahamiyat kasb etgan.
Ayg‘oqchi al-Bag‘dodiyga shunchalik yaqin bo‘lganki, u maxsus amaliyot vaqtida u bilan birga ushbu uyda bo‘lgan. IShID yetakchisi o‘ldirilgandan 2 kun o‘tib ayg‘oqchi oilasi bilan birga mamlakatdan olib chiqilgan.
Taxmin qilinishicha, ushbu shaxs al-Bag‘dodiy uchun va'da qilingan 25 mln dollarlik mukofot pulini olishga umid qilsa bo‘ladi. Biroq taxminlarga ko‘ra, u nafaqat pul uchun harakat qilgan. WP manbalaridan birining ta'kidlashicha, gap qarindoshlaridan birining o‘limi uchun IShIDdan o‘ch olmoqchi bo‘lgan arab haqida bormoqda. Dastlab u “Suriya demokratik kuchlari”dagi kurdlar bilan aloqaga chiqqan. Ular esa ushbu arab haqida amerikaliklarga xabar qilishgan. Amerikaliklar ayg‘oqchi qanchalik rost so‘zlayotganini uzoq vaqt tekshirishgan va oxir-oqibat kerakli odamni topishganiga amin bo‘lishgan. Bu bir necha hafta avval yuz bergan va shundan keyin maxsus amaliyotga tayyorgarlik ko‘rila boshlangan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27 / 26.04.2025
Mavzuga oid

14:15 / 21.01.2020
OAVda IShIDning yangi yetakchisi ismi oshkor qilindi

18:53 / 06.01.2020
AQShning Sulaymoniydan avvalgi dushmanlari: Saddam Husayndan al-Bag‘dodiygacha

19:11 / 16.11.2019
Turkiyada al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshi qo‘lga olindi

10:11 / 05.11.2019