Al-Bag‘dodiyning jasadi dengizga cho‘ktirib yuborildi - OAV
27 oktyabrda AQShning Delta maxsus bo‘linmasining amaliyoti vaqtida yo‘q qilingan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning jasadi Suriyadan Iroqdagi AQSh bazasiga keltirildi.

Foto: Sky News
Jasad Iroqning Anbar viloyatidagi Ayn al-Asad harbiy bazasiga keltirilib, u yerdan noma'lum yo‘nalishda olib ketilgan.
Biroq CNN telekanalining ikkita harbiy manbaga tayanib xabar berishicha, jasad dengizga olib borilib, suvga cho‘ktirib yuborilgan. “Al-Qoida”ning 2011 yilda yo‘q qilingan yetakchisi Usoma bin Lodin jasadi bilan ham xuddi shunday yo‘l tutilgan edi. Uning jasadi ham dengizga olib chiqilib, cho‘ktirib yuborilgan.
Rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, bin Lodinning jasadi AQShning Carl Vinson harbiy kemasida Arabiston dengiziga yetkazilib, kafanlanib, suvga cho‘ktirib yuborilgan.
AQSh al-Bag‘dodiyning qabri radikal terrorchilar tomonidan sig‘inish joyiga aylanmasligi uchun uni cho‘ktirishga qaror qildi. Ta'kidlanishicha, al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi va dafn etilishi foto va videomateriallari maxfiylashtirilgan.
Telekanalning ma'lum qilishicha, 27 oktyabrda AQSh prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen NBC telekanaliga intervyusida al-Bag‘dodiyning jasadi bilan bin Lodinniki kabi yo‘l tutilishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Jahon | 18:37
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
-
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
O‘zbekiston | 17:42
Mavzuga oid

21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi

12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan

15:11 / 05.10.2024