Bayrut markazida minglab namoyişçilar Livan boş vaziri Saad Haririyning iste'fosini bayram bilan nişonlaşmoqda.
Xabar qilinişiça, Livan poytaxti markazidagi maydonlarga namoyişçilar kelişi davom etmoqda. Odamlar bir-birini boş vazir iste'fosi bilan tabriklamoqda.
Avvalroq boş vazir Saad Haririy xalqqa telemurojaat qilib öz iste'fosi va hukumatning tarqatilganini e'lon qilgandi.
Livanda vazirlar mahkamasi WhatsApp kabi internet orqali suhbatlaşiş imkonini beruvçi ilovalardan foydalanganlik uçun hamda tamaki mahsulotlariga soliq joriy etişni ma'qullaganidan söng mamlakatda hukumatga qarşi namoyişlar boşlanib ketgandi. Şuningdek, 2022 yilda QQS 15 foizga oşirilişi rejalaştirilgandi. 18 oktyabrda Livan aloqa vaziri "WhatsApp soliği" bekor qilinganligini e'lon qildi, ammo namoyişlar töxtamadi.

















