Ta'kidlanişiça, yangi tartib 19 iyuldan amal qila boşlaydi va yil oxirigaça davom etadi.

Kuba boş vaziri Marrero Krus mahsulotlarni bojsiz olib kiriş köplab sayyohlar talabi bölganini aytib ötgan. Hukumat bu boradagi vaziyatni 31 dekabrdan keyin yana körib çiqadi.

Kubada 11 iyulda oziq-ovqat va dori-darmon taqçilligi, narx-navo oşişi va hukumatning koronavirusga qarşi çoralariga qarşi köp ming kişilik norozilik namoyişlari bölib ötdi. Namoyişçilar Kubaga kelayotganlarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni boj tölovisiz olib kirişga ruxsat berişni talab qilişgan.

Ma'lumotlarga köra, uşbu namoyişlar Ozodlik orolida 1990-yillardan beri ötgan eng ommaviy namoyişlar böldi.