2017 yil 1 oktyabrda Kataloniyada qirollik tarkibidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazilgandi.
Kataloniya hech qachon Ispaniya tarkibidan chiqmaydi. Bu haqda mamlakat hukumati raisi vazifasini bajaruvchi Pedro Sanches Antena 3 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Kataloniyaning muammosi u hech qachon erisha olmaydigan mustaqillikda emas. Kataloniyada mavjud bo‘lish muammosi bor. Biz siyosiy nuqtai nazardan mustaqillik harakati tanazzulga uchraganining guvohi bo‘ldik", - dedi Sanches.
2017 yil 1 oktyabrda Kataloniyada qirollik tarkibidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazilgandi. Madrid bu referendumni noqonuniy deb topdi va uning natijalarini tan olishdan bosh tortdi.
















