Pensiya jamg‘armasi: Arxiv xodimlari noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etgan holatlar aniqlandi

Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotnomalar haqqoniyligini o‘rganish jarayonida «O‘zarxiv» agentligining ayrim quyi bo‘g‘inlari tomonidan bir qator noto‘g‘ri va asossiz ma'lumotlar taqdim etilayotgani holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytishilicha, Olmazor tuman bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida Toshkent shahar Davlat arxivi tomonidan buyruq va oylik ish haqi kitoblarida ma'lumotlar mavjud bo‘lmasada, fuqaro S.A.ning 1991-2002 yillarda ishlagani to‘g‘risida 2018 yil 26 avgustdagi soxta ma'lumotnoma berilgani aniqlangan.
Toshkent shahar Davlat arxivi tomonidan 2018 yil 8 avgustda fuqaro D.R. nomiga berilgan, 2018 yil 24 sentyabrda fuqaro Ya.O. nomiga berilgan va boshqa ma'lumotnomalarda fuqarolarning ish staji hamda ish haqlari to‘g‘risida soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgani ma'lum bo‘lib, buning natijasida 8 holatda jamg‘armaning 43,6 mln. so‘m mablag‘i ortiqcha sarflangani ham keltirilgan.
Shuningdek, jamg‘arma Shayxontohur tuman bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganishlarda, 2017-2018 yillar mobaynida fuqarolarning pensiya tayinlash uchun taqdim qilgan (ish haqi va ish stajlari to‘g‘risidagi) pensiya hujjatlari qonuniyligi va asosliligi joyiga chiqib o‘rganilganda, ayrim arxiv idoralari soxta va yolg‘on ma'lumotlar taqdim etib kelgani natijasida jami 7 holatda 40,5 mln. so‘m miqdoridagi jamg‘arma mablag‘lari ortiqcha to‘lanishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlagan.
Fuqaro M.R.ga 2018 yil 26 dekabrdagi arizasiga asosan 2019 yilning yanvar oyida yoshga doir pensiya tayinlangan bo‘lib, uning Toshkent shahar Davlat arxividan berilgan
1997-2004 yillarda «Trest Tashstroymexanizatsiya» tashkilotida ishlagani to‘g‘risida ish haqi ma'lumotnomasi arxivdagi birlamchi hujjatlaridan solishtirib o‘rganilganda, tashkilotga tegishli buyruqlar va oylik maosh kitoblarida ushbu fuqaroning ismi-sharifi umuman qayd qilinmagani ma'lum bo‘lgan. Natijada pensiyaga huquqi bo‘lmagan fuqaroga jami 7,2 mln. so‘m miqdoridagi jamg‘arma mablag‘lari ortiqcha to‘langani aniqlangani misol qilib ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, fuqaro K.S.ga 1982-2004 yillarda «Tashkenskiy tekstilnyy kombinat»da ishlagani haqida Toshkent shahar Davlat arxividan berilgan ma'lumotlar asosida 23,8 mln. so‘m miqdorida Jamg‘arma mablag‘lari noto‘g‘ri to‘lab kelingani aniqlangani keltirib o‘tilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Jahon | 18:19
-
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid

16:36 / 20.05.2025
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

16:33 / 10.01.2025
Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi

20:30 / 11.08.2023
Pensiya jamg‘armasi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

19:06 / 27.10.2022