Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni makroiqtisodiy körsatkiçlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga möljallangan parametrlar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Davlat budjeti deganda, avvalo, davlat pul mablağlarining jamğarmasi tuşuniladi. Soliqlar, bojxona yiğimlari va boşqa turdagi tölovlar körinişida yil mobaynida davlat ğaznasiga kelib tuşgan mablağlar, ya'ni, tuşumlar orqali mamlakat budjeti şakllantiriladi. Uşbu mablağlar, öz navbatida, hayotimizning turli jabhalari, qator ijtimoiy sohalar rivoji uçun maqsadli yönaltiriladi. 

Eslatiş joiz, 2018 yilning 22 avgust kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev «Budjet ma'lumotlarining oçiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol iştirokini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga imzo çekdi.

Mazkur qarorga muvofiq, budjet ma'lumotlarining oçiqligini yanada oşiriş maqsadida budjet mablağlarining şakllanişi va sarflanişi ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini örnatişning yangi tartibi belgilangan.

Uşbu tizimga köra, 2020 yildan boşlab davlat budjeti qonun şaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Budjet töğrisidagi qonun loyihasida va Budjetnomada aholi va taşqi hamkorlarimizga mamlakat budjetining holati oçiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda körsatiladi. 

Respublika budjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengaşlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar böyiça emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oşiriş bilan birga, xarajatlarning samarasi uçun mas'uliyati ham kuçaytirilmoqda.

Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir öziga xos jihati – markazlaşgan budjet siyosatidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlaş maqsadida avtomototransport vositalarini röyxatdan ötkaziş yiğimlari mahalliy budjetga ötkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini körsatiş uçun aksiz soliği tuşumlari aholi sonidan kelib çiqib hududlar örtasida qayta taqsimlanadi. Qöşilgan qiymat soliği va yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği böyiça prognozdan orttirib bajarilgan qismi töliq xududlarda qoldiriladi.

2020 yildan boşlab mahalliy budjetlarning qöşimça daromadlari kengaşlar tomonidan ma'qullangan yönalişlarga ajratiladi. Faqat keçiktirib bölmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanişi va keyinçalik ularning töğri sarflangani haqida kengaşlar oldida hisobot berilişi lozim», deyiladi prezident matbuot xizmati