Pentagon rahbari Mark Esperning so‘zlariga ko‘ra, Amerika askarlari u yerga na Rossiya, na Suriya harbiylarini kiritadi.

Amerika harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi neft konlari joylashgan hududlarni qo‘riqlashni boshladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

"AQSh armiyasi harbiylari besh bronetransportyor va ikki pikapda Suriya-Turkiya chegarasidan olti kilometr masofada joylashgan Rumeylan va Kaxtaniya oralig‘idagi 40 kilometrli hududni qo‘riqlamoqda", - deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper AQSh Suriyadagi neft konlarini qo‘riqlashini va konlarni egallashga urinishlarga kuch bilan javob qaytarishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika askarlari u yerga na Rossiya, na Suriya harbiylarini kiritadi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Suriyadagi neft konlaridan foydalanish maqsadi noqonuniy ekanligini bildirdi.