31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötdi. Unda Davlat dasturining 2019 yil III çoragida bajarilişining borişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.
Majlisda deputat Rasul Kuşerbayev oliy ta'lim muassasalarida stipendiyaning baholar kesimida emas, hammaga bir xil miqdorida – 400 ming söm etib belgilanayotgani jamoatçilik örtasida keskin norozilik keltirib çiqarayotgani, yaxşi öqigan talabalar rağbatlantirilişi kerakligi, yangi tartibga köra buning aksi bölayotgani, natijada talabalar darslardan keyin işlaşga majbur bölayotgani, bu esa ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatişini inobatga olib, Hukumatdan mazkur masalani qayta körib çiqişni söradi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidovga köra bu masala kun tartibida turibdi. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida şu yilning 23 sentyabrdan 6 oktyabrgaça muhokama etilgan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiya tölaş tartibi va miqdorlari töğrisida»gi qarori loyihasi yuzasidan juda köplab takliflar kelib tuşgan. Ularning içida eng köp söralgani – differensiatsiyalaş, ya'ni talabalarning öqişi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdorini belgilaş ustida işlandi.

«Bu masala dolzarb, bu masala kun tartibidan olingani yöq. Hozirgi kunda tuşgan asosiy taklif - differensiatsiyalaş, ya'ni talabalarning öqişi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdori belgilanişi ustida işlandi. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi.
Hozir ham differensiatsiya bormi? Bor. Öqiş natijalari inobatga olingan holda, xuddi oldingi tizimda bölgani kabi. Bir xil emas. Negadir şunday fikrlar tuğilgan. Haliyam differensiatsiyalaşgan tizim amalda. Ya'ni, «törtlik», «beşlik». Talabalar bahosiga qarab oşirilgan miqdorda stipendiya olişlari mumkin. 400 mingdan 800 minggaça oşiriş ham mumkin», deya Inomjon Majidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















