Yaqinda Buxoro viloyatining Peşku tumanida joylaşgan xonadonlardan birining oğilxonasida katta yonğin yuz berdi. Bu haqda «Postda» naşri yozmoqda.
Oğilxonaning yarmi qişga ğamlangan somon bilan töla edi. Birpasda somon ham, oğilxona ham olov iskanjasida qoldi. Qöni-qöşnilar bilan hamjihatlikda yonğin öçirilgaç, hammaning xayolida bir savol aylanardi: «Yonğin qanday kelib çiqdi?». Kimdir yoş bolalar gugurt öynab yoqqan, desa, ayrimlar qisqa tutaşuvdan, deyişdi. Lekin hammasi boşqaça bölib çiqdi. Oğilxonaga şu xonadon kuyovi tomonidan qasddan öt qöyilganligi ma'lum böldi.
I.E. xotini bilan bir yostiqqa boş qöyganiga yigirma yil ötsa-da, oilada totuvlik bölmadi. Xurmaça qiliqlari bois ayoliga köp azob berar, u esa onasinikiga ketib qolaverardi.
Oxirgi janjaldan keyin turmuş örtoği yana onasinikiga ketib qolgandi. Uni olib keliş uçun borgandi, qaynonasi röyxuşlik bermadi. Mahalla raisi bilan kel, deb qaytarib yubordi. Unga alam qildi. Oşxonaga kirib, spirtli içimlikdan bökkunça içdi. Şirakayf bölgaç, yana ortiga qaytdi. Lekin bu safar endi qaynonasi bilan gaplaşişni istamadi. Töğri oğilxona tomon yurdi. Içkariga kirib, şoşa-pişa gugurtni oldi. Atrofga bir zum alanglab, heç zoğ körmaganiga işonç hosil qilgaç öt qöydi.
I.E.ning öylamay qilgan bu işi qaynonaga katta zarar keltirdi. Ayni paytda unga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.

















