Light | 08:40 / 03.11.2019
37351
2 daqiqa o‘qiladi

Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar ma'lum qilindi 

Foto: Getty Images

Kuz kelib, havo o‘zgaruvchan bo‘lib qolgan bir paytda parhezshunoslar immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi muayyan mahsulotlarni iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Ularning ta'kidlashicha, S vitamini taqchilligi immunitetni pasaytirishi mumkin. Shu sababli shamollamaslik uchun uning miqdorini me'yorida ushlab turish lozim.

“Aksariyat odamlar sitrus mevalar S vitamini bo‘yicha chempion, deb o‘ylaydilar. Aslida bunday emas. S vitamini bulg‘or qalampiri va tuzlangan karamda ancha ko‘proqdir. Ularda apelsindan ko‘ra 10 marta ko‘proq S vitamini bor”, deb aytmoqda parhezshunos shifokor Sergey Oblojko.

Shuningdek, mutaxassislar mevalar va rezavorlar iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Mavsumning bu vaqti rezavor mevalarni topish qiyinroq bo‘lsa-da, ular muzlatilgan holatda ham birdek foydalidir.

Shuningdek, yorqin rangdagi sabzavotlar, misol uchun, sabzi, ko‘katlarni xom yoki biroz termik ishlangan holatda iste'mol qilish ham foydalidir. 

Immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun yong‘oq, javdar unidan tayyorlangan non, avokado, tuxumning sarig‘ini iste'mol qilish koni foyda. Ular Ye vitaminiga boy bo‘ladi.  

Rux moddasi saqlovchi mahsulotlar ham shamollashimizga yo‘l qo‘ymaydi.

“Ertalab 30 gramm yong‘oq – bu yetarli miqdordir. Bu miqdorda mikroelementlar va foydali yog‘lar yetarli bo‘ladi va xavfsiz kaloriya hisoblanadi”, deb aytmoqda parhezshunos.

Yog‘li ovqatlar, konservalangan, marinadlangan mahsulotlar, qahva, spirtli ichimliklardan esa voz kechishga to‘g‘ri keladi. Organizm yuqori kaloriyali ovqatni hazm qilishda ko‘proq energiya sarflaydi, spirtli ichimliklar esa foydali komponentlarning o‘zlashtirilishini sekinlashtiradi. 

Mavzuga oid