Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy agrosanoat klasteri tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJ qayta tashkil etiladi va uning bazasida tarkibiga tashkilotlarni kiritish orqali mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qoraqalpog`iston agrocluster” zamonaviy agrosanoat klasteri tashkil etiladi.
Quyidagilar Agroklasterning ishlash tamoyillari etib belgilanadi:
2020 yil hosilidan mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘magida boshqa paxta-to‘qimachilik korxonalari bilan shartnoma tuzmagan yoki paxta-to‘qimachilik korxonalarining o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun shartnomasini bekor qilgan fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosi yetishtirish va xarid qilish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish;
kelgusi yil hosilidan boshlab paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etuvchi yangi mahalliy investorlar va klasterlar bilan fermer xo‘jaliklar o‘rtasida paxta xomashyosini yetishtirish hamda xarid qilish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzishni joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
fermer xo‘jaliklaridan xarid qilingan paxta xomashyosini klaster tarkibiga kiruvchi paxtani qayta ishlash korxonalari tomonidan qayta ishlash keyinchalik ishlab chiqarilgan tola hamda ikkilamchi mahsulotlarni chuqur qayta ishlash yoki ichki to‘qimachilik va boshqa qayta ishlovchi korxonalarga birja savdolari orqali belgilangan tartibda sotish;
Agroklaster tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan paxta xomashyosini ishlash va qayta ishlash natijasida olingan to‘qimachilik hamda boshqa mahsulotlarni (paxta tolasidan tashqari) ichki va tashqi bozorlarda bozor narxlarida erkin sotish;
boshqa paxta-to‘qimachilik korxonalari va klasterlari, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlovchi korxonalar bilan ishlash uchun teng sharoitlar yaratish.
Quyidagilar Agroklasterning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi etib belgilanadi:
paxta xomashyosini yetishtirish jarayoniga ilg‘or agrotexnik hamda suv tejaydigan texnologiyalarni, paxta xomashyosiga birlamchi ishlov berishning samarali va yuqori rentabelli usullarini joriy qilish;
















