«Özkimyosanoat» AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, mahalliy ammofos tarkibida fosfor miqdori belgilanganidek 46 foiz emas, 6 foizligi iddao qilingan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Şu munosabat bilan «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Avvalo xabarda bir qança noaniqliklar mavjud ekanligini, muallif ta'kidlagan mahalliy işlab çiqaruvçi haqida heç qanday ma'lumot yöq ekanligini ta'kidlab ötiş joiz. Şunga qaramay, xabar söngida keltirilgan «Afsuski, «Özkimyosanoat» mutasaddilari bilan boğlanişning ham, fikrlarini olişning ham imkoni bölmadi» jumlasi sabab uşbu vaziyat jamiyatimiz tomonidan atrofliça örganildi.

«Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi «Ammofos-Maksam» AJ ammafos işlab çiqaruvçi va uni iste'molçilarga yetkazib beruvçi yagona korxona hisoblanadi. «Navoiyazot» AJ, «Farğonaazot» AJ, «Elektroximzavod» AJ va sobiq «Qöqon superfosfat zavodi» AJlarida oddiy superfosfat işlab çiqariladi.

«Ammofos-Maksam» AJ tomonidan 2019 yilning yanvar oyidan boşlab hozirgi kunga qadar jami 97 959 tonna fizik holda, 44 829 tonna sof holda ammofos işlab çiqarildi. Korxona ammofos mahsulotini Ts 00203074-9-2018 talablari asosida işlab çiqaradi. Ammofos tarkibidagi fosfor oksidi miqdori 46±1 foiz, azot miqdori esa 11±1 foizni taşkil etadi.

2019 yilning yanvar-oktabr oylarida Birja savdolari orqali 75 262 tonna fizik holda ammofos qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçilarga yetkazib berilgan bölsa, 7 528 tonna fizik holda ammofos eksport qilindi.

Korxona tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar sifati doimiy ravişda, texnik nazorat bölimi va akkreditatsiyalangan ilmiy tadqiqot kimyo-texnologiyasi laboratoriyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarda havola qilingan, tarkibida 6 foiz fosfori bölgan ammofos öğiti korxona tomonidan heç qaçon işlab çiqarilmaganligi, işlab çiqarilayotgan va qişloq xöjaligiga ortilayotgan har bir mineral öğit sifati qattiq nazorat ostida ekanligini alohida ta'kidlab ötiş lozim.

Quyidagi javdalda «Ammofos-Maksam» AJda işlab çiqarilayotgan ammofos hamda Qozoğiston Respublikasida işlab çiqarilayotgan ammofos tarkibi töğrisidagi ma'lumotlar keltirilgan: