2019 yilning 5 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Qozoğiston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Dariğa Nazarboyeva bilan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuvda keng kölamli masalalar muhokama etildi.
 
Özaro samarali hamkorlik va işonç prinsiplari asosida Qozoğiston hamda Özbekiston örtasida rivojlanayotgan döstona munosabatlarni tilga olib, Tanzila Norboyeva Özbekiston rahbariyati barça sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor berayotganligini ta'kidladi:


 
“2017-2019 yillarda Özbekiston va Qozoğiston iqtisodiy hamkorligi strategiyasining izçil bajarilişi ikki mamlakat strategik manfaatlarining umumiyligiga asoslangan özaro foydali va samarali hamkorlikni boyitişga xizmat qildi. Özbekistonda Qozoğiston kapitali iştirokida 733 ta korxona faoliyat körsatmoqda. 2019 yil yanvar-sentabr oylari davomida özaro savdo hajmi 2,6 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etdi va 23,2 foizga oşdi, şuningdek transport va tranzit taşiş sohasi sezilarli rivojlanmoqda”.

Parlamentlararo munosabatlar haqida söz borganda, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi ikki tomonlama hamkorlikni qonunçilik nuqtai nazaridan ta'minlaş böyiça birgalikda olib boriladigan bölajak işlar muhimligiga urğu berdi. Bunda qonun ijodkorligi yuzasidan tajriba almaşiş uçun hamkorlik böyiça parlament guruhlarining va parlamentlar tegişli qömitalarining salohiyatidan amaliy foydalaniş taklif etildi. Uçraşuv davomida xalqaro parlament tuzilmalari doirasida özaro hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama etildi.

Qozoğiston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Dariğa Nazarboyeva öz nutqida Özbekiston Markaziy Osiyoda Qozoğistonning muhim strategik hamkori ekanligini ta'kidladi. 

“Bugun Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar barça sohalarda ildam rivojlanmoqda. Bunda Qozoğistonning birinçi prezidenti – Elboşi N.A.Nazarboyev va Özbekiston prezidenti Ş.M.Mirziyoyev xizmati asosiy örin tutadi”, – dedi Qozoğiston Senati raisi.
 
Qozoğiston Respublikasi Senati rahbari qayd etganidek, K.K.Töqayev davlat rahbari sifatida özining ikkinçi xorijiy taşrifini aynan Özbekistonga amalga oşirdi va bu munosabatlarni özaro anglaşuv hamda yaqin qöşniçilik ruhida mustahkamlaşni davom ettirişga sodiqlikning yana bir isbotidir.