2019 yilda xalq ta'limi tizimiga davlat budjetidan 16,4 trln so‘m ajratilgan
2019 yilda xalq ta'limi tizimiga davlat budjetidan jami 16,4 trln. so‘m ajratilgan bo‘lib, jami davlat budjeti xarajatlarining 15,2 foizini tashkil etadi.
Xalq ta'limi vazirligiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 12,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 37,0 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,03 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 43,0 foizga ko‘p) hamda boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 13,4 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 13,2 trln. so‘mni (98,4 foiz) tashkil etgan.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 9,9 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 9,8 trln. so‘mga, ya'ni 99,1 foizga bajarilgan.
Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 2,5 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 2,4 trln. so‘mga yoki 95,7 foizga bajarilgan.
Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 926,8 mlrd. so‘m ajratilib, ijrosi 914,8 mlrd. so‘mga yoki 98,7 foizga bajarilgan.
Mavzuga oid
15:24 / 02.11.2024
Oktyabrda ilk marta davlat budjeti oylik profitsitga chiqdi
18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin
15:10 / 25.10.2024
RFda 2025 yilgi budjet loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi
21:21 / 17.10.2024