Jamiyat | 00:02 / 06.11.2019
3773
2 daqiqa o‘qiladi

Respublika bo‘yicha 10 oy ichida 9300 dan ko‘proq yong‘in yuz berdi, ularda 88 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o‘tgan 10 oyi, ya'ni yanvar-oktabr oylari davomida o‘tkazilgan profilaktika ishlari natijasida 15586 ta bino va inshootda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o‘tgan 10 oyi, ya'ni yanvar-oktabr oylari davomida o‘tkazilgan profilaktika ishlari natijasida 15586 ta bino va inshootda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 35 kishi qutqarilgan, 1271 bosh uy hayvoni, 123 xil texnika, 289 mlrd. so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 95 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. 

Shuningdek, fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta'minlashga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi natijasida 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar 2018 yilning mos davriga nisbatan 345 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi holatlari 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan. Biroq olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida respublika hududida jami 9384 ta yong‘in qayd etilgan va ularda 88 kishi halok bo‘lgan, 240 kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 69,3 foizi aholi yashash joylarida, 9,5 foizi tadbirkorlik sub'yektlari obektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat tasarrufidagi obektlarda yuzaga kelgan. Yong‘inlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalardan foydalanish qoidalarining buzilishi, 11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,9 foizi bolalarning sho‘xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid