Avval xabar berilganidek, Özbekiston parlamenti delegatsiyasi rasmiy taşrif bilan Qozoğistonda bölib turibdi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan uçraşdi.
Qozoğiston rahbari Tanzila Norboyevaning taşrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirişi va davlatlararo munosabatlarga qöşimça turtki berişi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
“Qozoğiston va Özbekiston özaro hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor bölibgina qolmay, balki qator masalalarda bir-birini töldirib turadi. Şuning uçun muvaffaqiyat qozonişimiz muqarrar. Boz ustiga, biz hamkasbim Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan har jabhada hamkorlikni rivojlantiriş uçun faol harakat qilişga kelişib olganmiz”, – dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Qozoğiston Prezidenti 2018 yilda savdo hajmi 2,5 mlrd dollarga yetganligiga va şu yilning 9 oyi davomida ötgan yilgi körsatkiçdan oşib ketganligiga urğu berdi.
Öz navbatida, Tanzila Norboyeva iliq kutib olganliklari uçun minnatdorlik bildirdi va Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tabrik sözini yetkazdi. Senat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning davlat rahbari lavozimiga saylanişi uning avvalgi lavozimda tajribali diplomat, obroʻ-eʼtiborli rahbar va, eng asosiysi, Qozoğistonda davlatçilikni mustahkamlaş, xavfsizlikni ta'minlaş va iqtisodiyotni rivojlantiriş yölida kuçli siyosat olib borgan Birinçi prezident Nursulton Nazarboyev ğoyalarini davom ettiruvçisi şaxs sifatidagi faoliyatining e'tirofi ekanligini ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Özbekistonda bu yil Qozoğiston yili ötkazilişi munosabati bilan amalga oşirilayotgan keng kölamli tadbirlarni xalqlarimiz yaqinlaşişiga yorqin misol qilib keltirdi. Tanzila Norboyeva Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Özbekiston Respublikasiga birinçi davlat taşrifi ham mamlakatlarimiz örtasidagi özaro hamkorlikni yanada faollaştirişga turtki berganligini ta'kidladi.

















