Ingliz tilining izohli luğati Collins English Dictionary’ni çop etuvçi Harper Collins naşriyoti climate strike, ya'ni “iqlimiy zabastovka” iborasini yil sözi deb topdi. Bu ibora internet foydalanuvçilar tomonidan boşqa iboralarga qaraganda köproq qöllangan. Bu haqda Mirror naşri xabar berdi.
Mutaxassislar ma'lumotlariga köra, uşbu ibora 2015 yilda Parijdagi iqlim özgarişi böyiça xalqaro anjumanda ilk bor qöllangan va öşandan beri tobora ommalaşib borgan. 2019 yilda bu ibora 2018 yildagiga qaraganda 100 marta köproq qöllangan.
Luğatga, şuningdek, rewilding, ya'ni “qayta yovvoyilaşiş” iborasi ham qöşilgan. Bu ibora hayvonlarning inson tomonidan butkul qirib taşlangan avvalgi yaşaş joylariga qaytişini anglatadi.
Bundan taşqari, luğatga influencer (fikri muayyan auditoriyaga ta'sir qiluvçi odam) hamda hopepunk (televideniyeda optimizm muhitini yaratişdan iborat janr) sözlari ham kiritilgan.
Naşriyot 2018 yilda single-use (bir martalik qöllaş), 2017 yilda fake news (soxta yangiliklar), 2016 yilda esa Brexit’ni yil sözi sifatida e'tirof etgandi.

















